Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2024-yilning eng kuchli chempionatlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, birinchi o’rinni Italiya A Seriyasi (1992 ochko), ikkinchi o’rinni Ispaniya La Ligasi (1885 ochko) va uchinchi o’rinni Angliya Premyer-ligasi egalladi.
Shuningdek, top-10 talikka Argentina, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya va Gollandiya chempionatlari kiritildi.