So’nggi vaqtlarda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri “Real”ga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. “Shaharliklar” esa ushbu ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
Todofichajes nashrining xabariga ko’ra, “Manchester Siti” hozircha Rodri bilan xayrlashmoqchi emas. Klub futbolchini faqat 2026-yilda, ya’ni amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganda uni sotishi mumkin.
Manbaga ko’ra, “Real” “Manchester Siti”ning Rodri borasidagi pozitsiyasidan xabardor, shuning uchun madridliklar muqobil variantlarni ko’rib chiqmoqda. Asosiy nomzod Yozua Kimmix ekanligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rodrining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.