“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 23-turidan o’rin olgan “Chelsi”ga qarshi bahsda Abduqodir Husanovning xatosi haqida gapirdi. Uchrashuv “shaharliklar”ning 3:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
“Bilasizmi, qancha markaziy himoyachilar Abduqodir kabi xatolarga yo’l qo’yadi. Men Husanovni ayblamoqchi emasman, aksincha, biz hali ham xatoga yo’l qo’yayotganimiz uchun o’zimni ayblashim kerak. Himoyachilar esa faqat o’z o’yinlarini yaxshilashlari lozim.
Meni uni “Chelsi”ga qarshi o’yinda sodir bo’lgan voqealar uchun ochiq yoki shaxsan ayblamadim va birgina mashg’ulotdan so’ng maydonga tushgan futbolchilarga bunday qilmoqchi emasman…
Rostini aytsam, unga yordam kerak. Agar men yangi mamlakatda, oliy ligada yoki ular boshqa tilda gaplashadigan yangi jamoada debyut qilganimda Husanovning o’rnida bo’lsam, menga yordam berishlarini xohlardim.
Hozir Husanov bilan hammasi yaxshi! U qattiq mashq qildi. Hammasi joyida…”, – deydi Gvardiola.
Eslatib o’tamiz, Abduqodir Husanov “Chelsi”ga qarshi o’yinda asosiy tarkibda debyut qildi, 3-daqiqada xatoga yo’l qo’ydi va golga sababchi bo’lib qoldi. 4-daqiqada esa sariq kartochka bilan jazolandi.