Ertaga O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida KXDR’ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida koreyaliklar bosh murabbiyi Sin Yong Nam hamda futbolchi Han Kvang Son ishtirok etdi va o’yin borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Sin Yong Nam:
“Biz ertangi o’yinda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun qo’limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solamiz. Buning uchun yetarlicha tayyorgarlik ko’rdik.
O’yin bilan bog’liq barcha tayyorgarliklarni puxta bajardik. Uchrashuv davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarga moslashish muhim, shuningdek, raqib jamoaga qarshi alohida strategiyamiz mavjud.
Futbolchilarimiz ertangi o’yinga tayyor va yaxshi natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”.
Han Kvang Son:
“Biz O’zbekiston milliy terma jamoasini chuqur o’rganib, ularga qarshi qanday o’ynash kerakligini aniqlab oldik. Shu sababli ertangi bahsda yaxshi matijalarga erishamiz deb o’ylayman.
Biz O’zbekiston qarshi dastlabki uchrashuvda kutilgan natijaga erisha olmadik. Ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qilib, navbatdagi o’yin uchun chuqur tayyorgarlik ko’rdik.
Eron bilan o’yinda yo’l qo’ygan kamchiliklarimizni O’zbekistonga qarshi o’yinda takrorlamaslik uchun bor mahoratimizni ishga solamiz”.