Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Luis Merlo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 32 yoshli forvard allaqachon “Santos” bilan kelishuvga erishgan.
Ayni damda futbolchining vakillari Saudiya klubi bilan hamkorlikni yakunlash ustida ish olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, Neymarning transferini rasman e’lon qilish “Santos”ning joriy mavsumda o’ynaydigan “B” seriyasi yakunlanganidan so’ng (25-noyabr) rejalashtirilgan. Jamoa muddatidan avval oliy divizionga yo’l olgan.