“Levante” futbolchilari Ispaniyadagi suv toshqinlaridagi qutqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida sun’iy kir qilingan futbolkalarda maydonga tushishdi.
Shuningdek, ushbu futbolkalarga quyidagi so’zlar yozilgandi:
“Siz bizga kerak bo’lgan paytda u yerda bo’lgan barchaga hurmat belgisi sifatida”.



Ma’lumot uchun, “Levante” va “Elche” o’rtasidagi o’yin Valensiya provinsiyasida oktyabr oyidagi suv toshqinlaridan so’ng birinchisi bo’ldi. Ushbu ofat natijasida 200 dan ortiq odam halok bo’ldi.
O’yindan so’ng futbolkalar kimoshdi savdosiga qo’yildi va undan tushgan mablag’ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish fondiga o’tkaziladi.