Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzette dello Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Milan” 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq “Qirollik klubi” Diasni ijaraga berishga qarshi chiqmoqda va uni to’liq transfer qilmoqchi.
Qayd etilishicha, milanliklar Dias bilan shartnoma tuzishga shoshilmasligi kerakligi ta’kidlanmoqda. Chunki hozirgi “rosseneri” hujumchilari barqaror o’yin namoyish etmoqda.
Ma’lumot uchun, Dias 2020-yildan 2023-yilgacha “Milan” safida ijara asosida to’p surgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 124 ta o’yin o’tkazib, 18 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.