Saudiyaning “An-Nassr” klubi futbolchisi Sadio Mane faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko’ra, 32 yoshli senegallik forvardga Milanning “Inter” klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, neradzurrilar hujum chizig’ini kuchaytirmoqchi va bunga asosiy nomzod sifatida Maneni ko’rmoqda.
Eslatib o’tamiz, Sadio Mane 2023-yilning yozidan buyon “An-Nassr” safida o’ynab kelmoqda. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.