“Liverpul” “Yuventus” klubi hujumchisi Federiko Kyezaga 2028-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma taklif qildi. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko’ra, hujumchining “Liverpul”dagi maoshi yiliga 5 million yevroni tashkil qiladi. Qayd etilishicha, turinliklar Kyezani 15 million yevroga qo’yib yuborishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Kyeza joriy mavsum A Seriyada bironta ham uchrashuvda maydonga tushgani yo’q. Uning “Yuventus” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.