Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasining 5-turidan o’rin olgan “Brest”ga qarshi o’yin haqida gapirdi (3:0).
“Biz o’z darajamizga qaytganimiz va muxlislarimiz ko’z o’ngida Chempionlar ligasidagi uchinchi g’alabamizni qo’lga kiritganimizdan xursandmiz.
“Barselona” o’yinni xotirjam o’tkazdi, ammo biz vertikalroq o’ynashimiz kerak bo’lgan paytlar ham bo’ldi”, – deydi Olmo.
Ma’lumot uchun, Xansi Flik shogirdlari hozirda 5-turdan so’ng 12 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida ikkinchi o’rinda bormoqda.