“Manchester Siti” klub xo’jayinlari bilan bog’liq bo’lgan kompaniyalar bilan shartnomalar tuzishni taqiqlovchi qoidadan so’ng APL’ni sudga berdi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” 2024-yilning iyun oyidagi xuddi shunday holat yana takrorlanganidan so’ng, Premyer-liga kengashini kamsitishda ayblab, ikkinchi marta sudga murojaat qildi.
Eslatib o’tamiz, 2023-yilning fevralida “Manchester Siti” 2009/2010-yilgi mavsumdan 2017/2018-yilgi mavsumgacha sodir etilgan 100 dan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda ayblangan edi.