“Barselona” va “Real Madrid” Yaponiyada afsonalar o’yini o’tkazadi. Kataloniya klubi ushbu bahs 15-dekabr kuni Tokioda o’tkazilishini ma’lum qildi.
“Barselona” safida jamoaning sobiq o’yinchilari: Xavi, Andres Inyesta, Xaver Maskerano va Rafael Markes o’ynaydi.
Uchrashuvda shuningdek, Rivaldo, Boyan Krkich, Xaver Saviola, Lyudovik Giuli, Adriano, Gaizka Mendieta va boshqalar ishtirok etadi.
Albert Ferrer “Barselona” bosh murabbiyi bo’ladi.