Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi sovrinni qo’lga kiritdi.
A Bola xabariga ko’ra, 39 yoshli futbolchiga Portugaliya futbol federatsiyasining Quinas de Platina mukofoti topshirilgan. Taqdirlash marosimi 11-noyabr kuni bo’lib o’tgan.
Quinas de Platina federatsiyaning eng nufuzli mukofoti hisoblanadi. U Krishtianuga Portugaliya terma jamoasiga qo’shgan ulkan hissasi uchun topshirildi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu terma jamoa safida 216 ta o’yin o’tkazgan va 133 ta golga mualliflik qilgan.