Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Martin Edegor to’pig’idan olgan jarohati sabab Norvegiya terma jamoasini tark etdi. Bu haqda Norvegiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
25 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi doirasidagi Sloveniya va Qozog’istonga qarshi o’yinlarni o’tkazib yuboradi.
“Milliy terma jamoamiz shifokorlari bilan muhokamadan so’ng, afsuski, mening ahvolim bu o’yinlarda o’ynash uchun yetarli emas deb topildi.
Men tiklanish jarayonini yakunlashim va oyog’imni yaxshi holatga keltirishim kerak”, – deydi Edegor.
Eslatib o’tamiz, Edegor Millatlar Ligasi 2-turidan o’rin olgan Avstriyaga qarshi bahsda jarohat olgandi.