“Barselona”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi Kataloniya klubi muxlislariga murojaat qildi.
“Barselona” muxlislariga xabarim? Sizni juda sog’indim va tez orada yana uchrashamiz degan umiddaman. Siz dunyoning eng yaxshi klubining bir qismi ekanligingizdan faxrlanishingiz kerak”, – deya Messining so’zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o’tamiz, 37 yoshli futbolchi klubdagi faoliyatini aynan “Barselona”da boshlagan. Messi Ispaniya chempionati, “Barselona”, “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to’purar hisoblanadi.