Madridning “Real” klubi joriy yilning yanvar oyida “Manchester Siti”ning 20 yoshli vingeri Savioni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” so’nggi haftalarda braziliyalik futbolchining o’yinini kuzatish uchun o’z skautlarini Angliyaga yuborgan.
Qayd etilishicha, “Manchester Siti” Savioning o’yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda va uni sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Savio joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.