O’zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Oston O’runov faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.
Spor Tazan nashrining xabariga ko’ra, hamyurtimizga Turkiyaning eng nomdor jamoalaridan biri bo’lgan “Beshiktosh” qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o’tamiz, O’runov jismoniy holatida kamchiliklar bo’lgani bois JCh-2026 saralashidan o’rin olgan Qirg’iz Respublikasi va Eronga qarshi o’yinni o’tkazib yubordi.
Ma’lumot uchun, O’runov joriy mavsum “Persepolis” safida 14 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 2,5 million yevroga baholanmoqda.