Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Partiga hozirda “Barselona”, “Atletiko”, “Yuventus”, shuningdek, “Al-Hilol” va “Al-Ahli” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Tomas joriy mavsum barcha turnirlarda 3 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.