“Barselona” vingeri Lamin Yamal klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 17 yoshli futbolchi “Barselona”ga sodiq, shuning uchun kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Yamal 2023-yildan buyon “Barselona”ning asosiy jamoasida o’ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar mo’ljallangan.
Ma’lumot uchun, Lamin joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 150 million yevroga baholanmoqda.