Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ukrainalik futbolchi qishki transferlar oynasida jamoasini tark etishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, 28 yoshli himoyachini qo’lga kiritish uchun favorit Dortmundning “Borussiya”si hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum klub safida barcha turnirlarda 13 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.