Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan “Barselona”ni tekinga tark etadi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchini tekinga qo’yib yuborishga qaror qilgan.
“Manchester Siti” hozirda yarim himoyachining agenti bilan transfer tafsilotlari ustida ishlamoqda.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Gyundoganning qaytishini ma’qullagan.
Eslatib o’tamiz, Ilkay 2016-yildan 2023-yilgacha “Manchester Siti” safida faoliyat yuritgan.