“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Saloh Yevropaning yirik sovrinlari uchun kurasha olishini his qilayotgani, shuningdek, bosh murabbiy Anre Slotning unga bildirgan ishonchi misrlik futbolchining ketish haqidagi qarorini qayta ko’rib chiqishga majbur qilgan.
Qayd etilishicha, Saudiya klublari ham Salohni yozgi transferlar vaqtida qo’lga kiritish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Ular forvardga 3 yil davomida 200 million yevroda ortiq maosh bilan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta o’yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.