Xabaringiz bor, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o’zining shaxsiy YouTube kanalini ochdi va hozirda deyarli 60 million obunachiga ega bo’ldi.
Ronalduning ko’rsatuvlaridan biriga Rio Ferdinand mehmon sifatida tashrif buyurdi va Krishtianu bilan qaysi futbolchi yaxshiroq ekanligi haqida qisqa savol-javob uyushtirdi.
– Gari Nevill yoki Pol Skoulz?
– Skoulz.
– Skoulz yoki Sulsher?
– Skoulz.
– Skoulz yoki Teves?
– Skoulz.
– Skoulz yoki Bekxem?
– Bekxem.
– Bekxem yoki Di Mariya?
– Bekxem.
– Bekxem yoki Giggz?
– Giggz.
– Giggz yoki Ramos?
– Ular turli pozitsiyada o’ynashadi… Giggz.
– Giggz yoki Pepe?
– Pepe mening yaqin do’stim, biroq u markaziy himoyachi… Giggz.
– Giggz yoki Chicharito?
– Giggz.
– Giggz yoki Marselo?
– Giggz.
– Giggz yoki Xabi Alonso?
– Giggz.
– Giggz yoki Toni Kroos?
– Giggz.
– Giggz yoki Benzema?
– Benzema.
– Benzema yoki Mbappe?
– Mbappe.
– Mbappe yoki Rio Ferdinand?
– Men seni tanlayman.
Aytish joizki, ushbu savol-javob o’yinida Lionel Messining ismi tilga olinmadi.