O’rta vazn toifasida UFC jangchisi Abusupyan Magomedovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo’ldi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Magomedov 26-oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC 308 turnirida Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko’tariladi.

Ma’lumot uchun, Abusupyan o’zining so’nggi janggini UFC Fight Night 241 turnirida Varli Alvesga qarshi o’tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozongan.
Magomedov professional MMA’da 33 ta jangda ishtirok etgan va ularning 26 tasida zafar quchgan. Shuningdek, 6 bor mag’lub bo’lgan va bitta janggida durang natija qayd etilgan.
Eslatib o’tamiz, shu kuni hamyurtimiz Nursulton Ro’ziboyev ham o’z janggini o’tkazadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.