“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh APL’ning sobiq futbolchilari: Alan Shirer, Tyerri Anri va Robin van Persining noyob rekordini takrorladi.
Saloh Premyer-ligadagi so’nggi 100 ta o’yinida gol+pas tizimi bo’yicha 100 ochko to’pladi (62 ta gol, 38 ta golli uzatma). Ilgari bunday natijani faqat Anri, van Persi va Shirer amalga oshira olgan.
Eslatib o’tamiz, misrlik forvard 2017-yildan buyon “Liverpul” safida to’p surmoqda. U mersisaydliklar bilan APL, Angliya Kubogi va Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va klublar o’rtasidagi Jahon chempionatida g’olib bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum klub safida jami 35 ta o’yin o’tkazib, 27 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.