PSJ bosh murabbiy Luis Enrike bilan 2025-yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Parij grandi ispaniyalik mutaxassisni klub loyihasining asosiy qismi deb biladi. Hozirda 54 yoshli murabbiy Mbappe ketganidan so’ng jamoani kuchaytirish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Enrike 2023-yilning yozidan buyon PSJ’ni boshqarib kelmoqda. Uning qo’l ostida jamoa o’tgan mavsum Fransiya chempioni bo’ldi, shuningdek, Fransiya kubogi va superkubogini ham qo’lga kiritdi.