Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football24.ru xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” rahbariyati yozgi transferlar oynasida futbolchini sotish masalasini ko’rib chiqishga tayyor. Florentino Peres bozorda Kamavingaga talab borligini biladi va agar yaxshiroq taklif tushsa, uni sotishga qarshi emas.
Ta’kidlanishicha, fransiyalik futbolchi Madridni tark etishni istamayapti, ammo “Real”ning asosiy tarkibidan joy ola olmasa, uning fikri o’zgarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kamavinga “Real” safida jami 165 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.