Saudiyaning “Al-Ahli” klubi Ayvan Toni transferini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar 2028-yilgacha mo’ljallangan shartnomaga imzo chekishgan. Transfer narxi 47,5 million funt sterlingni tashkil qilgan. Toni yangi jamoasi safida yiliga 18 million yevro maosh olishi ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, Toni 2020-yildan buyon “Brentford” safida to’p surib kelayotgandi. U o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.