“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne “shaharliklar” safiga yangi kelib qo’shilgan Abduqodir Husanovning “Chelsi”ga qarshi dubyut uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
“Abduqodir Husanov “Chelsi”ga qarshi o’yinda himoyachilarimiz yo’q paytda maydonga tushdi. U qiyin besh daqiqani o’tkazdi, ammo shundan keyin u yaxshi harakat qildi. U buni 20 yoshida qilganidan faxrlanishi kerak!”, – deydi De Bruyne.
Eslatib o’tamiz, hamyurtimiz “Chelsi”ga qarshi o’yinni asosiy tarkibda boshlab, 54 daqiqa maydonda harakat qildi.