We Global Football nashri JCh-2026 saralashining 8-turidan so’ng yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasining mundialga yo’llanmani qo’lga kiritish imkoniyati 96 foizga baholanmoqda. O’tgan turda bu raqam 92 foizni tashkil qilayotgandi.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz JCh-2026 saralashi doirasidagi navbatdagi o’yinni 5-iyun kuni BAA’ga qarshi o’tkazadi. Guruhdagi so’nggi bahs esa 10-iyun kuni Qatarga qarshi bo’lib o’tadi.