“Manchester Siti” 24 yoshli hujumchi Erling Xoland bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko’ra, norvegiyalik futbolchining “shaharliklar” bilan tuziladigan yangi shartnomasida agar Xoland “Real”ga o’tish imkoniyatiga ega bo’lsa, o’rtadagi kelishuvni to’xtatish bandi borligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o’tamiz, Xoland 2022-yilning yozidan beri “Manchester Siti” safida to’p surmoqda. U klub safida jami 102 ta uchrashuvda maydonga tushib, 97 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, forvardning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.