Turinning “Yuventus” klubi Federiko Kyezadan yettinchi raqamni olib qo’ydi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, turinliklar vingerni joriy transfer oynasi yopilgunga qadar sotishni rejalashtirgan. Biroq hozirda maqbul takliflar yo’qligi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, yettinchi raqamning yangi egasi Ton Koepmayners bo’lishi kutilmoqda. “Yuventus” “Atalanta” bilan ushbu transfer borasida kelishuvga erishgan.
26 yoshli gollandiyalik futbolchi allaqachon Turin klubiga o’tishga rozilik bergan. Uning transferi uchun “Yuventus” 60 million yevro to’lashi belgilab qo’yilgan.