Rossiya Premyer-ligasi 6-turidan o’rin olgan SSKA – “Akron” bahsi bo’lib o’tdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Quvonarli jihati, hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, SSKA bugungi g’alabadan so’ng ochkolar hisobini 10 taga yetkazib olib, turnir jadvalida to’rtinchi o’ringa ko’tarilib oldi.
RPL. 6-tur
SSKA – “Akron” 4:0
Gollar: 1:0 – 49 Musayev, 2:0 – 60 Oblyakov, 3:0 – 82 Moyzes, 4:0 – 87, penalti Oblyakov.