“Manchester Yunayted” PSJ yarim himoyachisi Manuel Ugartani o’z safiga qo’shib olishga harakat qilib ko’rdi. Biroq parijliklar talab qilgan yuqori narx ushbu transferni to’xtatib qo’ydi.
Endilikda mankunianliklar Ugartaga muqobil variant qidirmoqda. Hozirda klub “Monako”dan Yussuf Fofana, “Real Sosedad”dan Martin Subimendi, “Fiorentina”dan Sofyan Ambarat va “Byornli”dan Sander Berge variantlarini o’rganib chiqmoqda.
Biroq, yangi yarim himoyachi sotib olish uchun MYU tarkibdan joy bo’shatishi kerak bo’ladi.