“Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diash Abduqodir Husanovning o’yiniga yuqori baho berdi.
“Husanov hali yosh. Ammo bunga qaramay, u juda yaxshi o’ynaydi”, – deydi Diash.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.