“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL’ning 13-turidan o’rin olgan “Liverpul”ga qarshi bo’lajak safar o’yini oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Liverpul” hozir eng kuchli jamoami? Bilmayman. Ular eng yaxshilaridan biri. Anre Slot ajoyib ish olib bormoqda. Odamlar “Man. Siti”ni dunyoning eng zo’r jamoasi deb aytishganda, men bir soniya ham e’tibor bermayman.
Biz har doimgidek barqaror emasmiz. Ilgarigi o’yin 3:0 hisobida bizning foydamizga hal bo’lgan, o’yinni biz nazorat qilgandik. Ammo endi bunga qanday munosabatda bo’lishni bilmayman.
Biz asosiy o’yinchilar yetishmayotganiga qaramay, g’alaba qozonishni juda xohlaymiz. Bizning chidamliligimizning eng yaxshi sinovi “Enfild”da bo’ladi”, – deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” – “Man. Siti” o’yini 1-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.