Yozgi transferlar vaqtida Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq ukrainalik kiper mavsumni “qaymoqranglilar” safida boshladi.
Todofichajes xabariga ko’ra, 25 yoshli darvozabon kelasi yilning yozigacha “Real”da qolishga qaror qilgan. Shundan so’ng u kelajagi borasida bir qarorga kelishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Luninning “Qirollik klubi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.