Turinning “Yuventus” klubi markaziy himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Liverpul” 27 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Bremerni van Deykga o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Qayd etilishicha, Virjilning kelasi yozda “Liverpul” bilan shartnomasi yakuniga yetadi va futbolchi Saudiya chempionatiga yo’l olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Bremerning “Yuventus” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.