Angliya Premyer-ligasi 3-turidan o’rin olgan bahsda “Vest Hem” va “Manchester Siti” o’zaro to’qnash keldi. Yakunda “shaharliklar” 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland uchrashuvda uchta gol urdi va 21-asrda Premyer-liga tarixida dastlabki uchta o’yinida ikkita xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Xoland avvalgi xet-trikini ikkinchi turda “Ipsvich”ga qarshi qayd etgandi. Ushbu ushrashuv “shaharliklar” foydasiga 4:1 hisobida hal bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Premyer-liganing dastlabki uch turida ikkita xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi “Brentford” hujumchisi Pol Jyuell hisoblanadi. U bunday natijani 1994/1995-yilga mavsumda qayd etgan.
Eslatib o’tamiz, Erling Xoland 2022-yildan buyon “Manchester Siti” safida to’p surmoqda. U “shaharliklar” safida jami 102 ta o’yinda maydonga tushib, 97 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.