Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Romelu Lukaku tez orada “Napoli” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, neapolliklar ushbu transfer uchun 30+10 million yevro to’laydi va futbolchi bilan 3 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolanadi.
Ma’lumot uchun, Lukaku o’tgan mavsumni “Roma”da ijarada o’tkazdi. U jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.