“Manchester Siti” va “Real” katta transferga hozirlik ko’rmoqda.
Todofichajes xabariga ko’ra, “shaharliklar” Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Real” ham “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini o’z safida ko’rmoqchi.
Manbaga ko’ra, tomonlar o’zaro kelishuvga erisha olsa, bitim kelasi yilda yakunlanishi mumkin. Rodrining Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevro, Rodrigoniki esa 110 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Rodrining “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-o’rtalarigacha, Rodrigoning “Real” bilan tuzgan bitimi esa 2028-yilning yozigacha mo’ljallangan.