Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Galatasaroy”ning taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda NTvspor.net nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, har ikki tomon vakillari Istanbulda uchrashgan va u yerda turk klubi 33 yoshli posbonga o’z taklifini bildirgan.
Qayd etilishicha, “Galatasaroy”ning taklifi ter Shtegenga yoqmagan, shuning uchun u Turkiya Superligasiga o’tishdan bosh tortgan. Germaniyalik golkiper “Barselona”da o’ynashni davom ettirmoqchi.
Ma’lumot uchun, ter Shtegen o’tgan mavsum barcha turnirlarda 9 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.