Yarim o’rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Bilol Muhammad o’zining ehtimoliy raqibi Shavkat Rahmonovni masxara qildi.
Avvalroq Muhammad va Rahmonov ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini “treshtoking” qilib kelayotgandi. Xususan, Shavkat UFC yarim o’rta vazn toifasida Biloldan ko’ra ko’proq chempionlikka loyiq ekanligini ta’kidlangandi.
“Bu men va chatbot o’rtasidagi og’zaki janjal”, – deb kinoya qildi Bilol Muhammad.
Ma’lumot uchun, Bilol professional faoliyati davomida 27 ta jang o’tkazib, 24 tasida g’alaba qozongan. Shavkat esa 18 ta jangda qatnashib, ularning barchasida muddatidan avval zafar quchgan.