PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalidan o’rin olgan “Inter Mayami”ga qarshi bahs oldidan Lionel Messini qanday to’xtatish mumkinligi haqida fikr bildirdi.
“Agar biz Lionel Messini to’xtatmoqchi bo’lsak, buni bitta futbolchi bilan qilishning iloji yo’q. Chunki shunday qilishga harakat qilsak, muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz. Biz jamoaviy himoyalanishimiz kerak.
Hamma himoyalanishga tayyor bo’lishi kerak, hamma nazoratga, to’pni o’z vaqtida ushlab turishga va tez-tez to’p uzatishga tayyor bo’lishi kerak. Biz individual tarzda emas, balki bir jamoa bo’lib harakat qilishimiz kerak”, – deydi Enrike.
Eslatib o’tamiz, Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalidan o’rin olgan PSJ – “Inter Mayami” o’yini bugun, 29-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da bo’lib o’tadi.
