Mashhur amerikalik bokschi Jo Smit Artur Beterbiyev va Dmirtiy Bivol o’rtasidagi bo’lajak jang haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Smit ilgari ikkala bokschi bilan ham to’qnash kelgan va ikkisida ham mag’lubiyatga uchragan.
“Bu kurashda hamma narsa bo’lishi mumkin. Beterbiyev juda ko’p zarba berish qobiliyatiga ega va uning zarbalari mo’ljalga aniq yetib boradi.
Bivol haqida ham shunday deyish mumkin. Uning zarbasi ham yaxshi. Shu bilan birga, Dmirtiyda oyoq harakatlari juda yaxshi rivojlangan va masofani mukammal saqlay oladi. Bizni hayajonli jang kutayotganiga shubha yo’q”, – deydi Smit.
Eslatib o’tamiz, Artur Beterbiyev va Dmirtiy Bivol o’rtasidagi jang 12-oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadi.