MLSning “Chikago Fayr” jamoasini erkin agent sifatida tark etgan Jerdan Shakiri faoliyatini “Bazel”da davom ettiradi.
32 yoshli yarim himoyachi Shvetsariya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Shakiri 2009-yildan 2012-yilgacha aynan “Bazel” safida to’p surgan.
Shuningdek, futbolchi “Bavariya”, “Inter”, “Stok Siti”, “Liverpul” va “Lion” klublari sharafini ham himoya qilgan.