Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Juniorga Saudiya Arabistonidan takliflar borligidan xabaringiz bor. Hozirda braziliyalik futbolchining transferi bo’yicha saudiyalik amaldorlar o’rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Jurnalist Florian Plottenberg xabariga ko’ra, “Qirollik klubi” Vinisiusga kutilmagan o’rinbosar topib qo’ydi.
Madridliklar “Manchester Siti” markaziy hujumchisi Erling Holandga qiziqish bildirmoqda. Agarda norvegiyalik futbolchining transferi amalga oshsa, Kilian Mbappe Vinisius to’p suradigan qanotga o’tadi.
Ma’lumot uchun, Holandning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2034-yilga qadar mo’ljallangan. U joriy mavsum 40 ta o’yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.