Angliya Premyer-ligasi 3-turida “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Liverpul”ni qabul qildi va yakunda yirik 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
Ushbu bahs Erik Ten Xag uchun mankunianliklar boshqaruvidagi 118-o’yin bo’ldi.
54 yoshli gollandiyalik mutaxassis qo’l ostida “qizil iblislar” 69 ta g’alaba, 15 ta durang va 34 ta mag’lubiyat qayd etgan.
Mag’lubiyatlarning soni o’yinlar soniga nisbati bo’yicha 28,81 foizni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkichga ko’ra, Ten Xag “Manchester Yunayted” bilan 100 dan ortiq o’yin o’tkazgan klub tarixidagi eng yomon ikkinchi murabbiyga aylandi.
Ma’lumot uchun, faqatgina 1972-yildan 1977-yilgacha “Manchester Yunayted”ni boshqargan shotlandiyalik Tommi Docherti Ten Xagdan ko’ra yomonroq ko’rsatkichga ega. Uning qo’l ostida mankunianliklar 159 ta o’yindan 51 tasida mag’lubiyatga uchragan (32,07 %).