“Manchester Yunayted”ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro jamoaning yangi mavsumdagi taktikasidan norozi.
Deadlinedaylive xabariga ko’ra, futbolchi joriy mavsumda o’zini noqulay his qilmoqda. Kazemiro “Liverpul”ga qarshi o’yindagi xatolari sabab ikkita golga sababchi bo’lib qoldi.
Ma’lumot uchun, Kazemiro joriy mavsum APL’da 3 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar amal qiladi.