Kataloniyaning “Barselona” klubi “Sporting” hujumchisi Viktor Gyokeresni sotib olmoqchi.
Sport.es xabariga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” rahbariyati kelasi yozda forvardning transferi uchun zarur bo’lgan 70 million yevro to’lashga, shuningdek, Levandovskining shartnomasi tugaguniga qadar lissabonliklarga ijaraga berishga ham tayyor.
Ma’lumot uchun, Gyokeres joriy mavsum barcha turnirlarda 19 ta o’yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.